12:52 / 20.09.2015
2168

Gretsiya qirg‘oqlari yaqinida muhojirlar kemasi cho‘kishi oqibatida 26 kishi bedarak yo‘qoldi

Gretsiya sohilbo‘yi xizmati qutqaruvchilari dengizda 26 nafar muhojirni qidirish ishlarini olib bormoqda.

Assoseyted Press nashrining ma'lum qilishicha, 20 sentabr kuni ertalab Yevropa Ittifoqining tashqi chegaralari xavfsizligi xizmati ("Fronteks") vertolyoti Gretsiyaning Lesbos orolidan sharqda cho‘kayotgan kemani payqagan.

Hududga 2ta qutqaruvchi kema yuborilgan va 20 nafar muhojir qutqarib qolingan. Ushbu kema bortida jami 46 kishi bo‘lgani aniqlangan.

Bu kema ham yil davomida Turkiya orqali Yevropaga o‘tib olishga urinayotgan yuz minglab suriyalik va afg‘onistonlik muhojirlar oqimining bir qismi bo‘lgan.

Top