09:12 / 20.09.2015
3175

Keylor Navas “Real” darvozabonlari tarixida 1975 yilda o‘rnatilgan rekordni takrorladi

“Real” darvozaboni Keylor Navas Ispaniya Primerosi doirasida “Granada” bilan uchrashuvda(1:0) ham o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormadi.

Shu tariqa kostarikalik golkiper La Liganing dastlabki to‘rtta turida o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormadi.

Chempionatning oldingi 3 uchrashuvda “Real Madrid” “Sporting Xixon” (0:0), “Betis” (5:0) hamda "Espanol" (6:0) bilan o‘ynagan edi.

Navas ushbu natija bilan Madrid klubi tarixida bu boradagi yetakchi Migel Anxel rekordini takrorladi, futbolchi 1975 yilda mavsum startidagi to‘rtta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgandi.

Top