00:57 / 20.09.2015
6388

KUN.UZ dayjesti: 19 sentabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 19 sentabr kuni ro‘y bergan eng muxim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Chevrolet Malibu yilning eng yaxshi avtomobili nomiga da'vogarlik qilmoqda>>

«Dunyo yil avtomobili» tanlovi (World Car of the Year, WCOTY) tashkilotchilari Frankfurtdagi avtosalonda 2016 yilning eng yaxshi avtomobili nomini qo‘lga kiritishga da'vogar avtomobillar ro‘yxatini e'lon qilgandi

Taniqli island xonandasi sahnaga Marg‘ilon xonatlasi kiyib chiqdi>>

Xonatlas O‘zbekiston va o‘zbek xalqining asosiy tashrif qog‘ozlaridan biri bo‘lib kelgan. So‘nggi vaqtlarda xonatlas jahon miqyosida keng tanilib, Yevropa va Amerikaning eng taniqli modeler va dizaynerlar e'tiborini qozonmoqda

Sardor Rashidov “Al Jayish” tarkibidagi ilk golini nishonladi>>

18 sentabr kuni Qatar Yulduzlar Ligasida 2-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.

Tur doirasidan o‘rin olgan o‘yinlardan biri “Al Jayish“ va “Al Sayliya“ jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda o‘yin davomida katta ustunlikka ega bo‘lgan mezbonlar yirik 4:0 hisobida g‘alabaga erishdi

Olimlar Yevropadagi eng “semiz” va eng “xushqomat” millatlarni aniqlashdi>>

Xalqaro shifokorlar guruhi Yevropadagi eng “semiz” va eng “xushqomat” millatlarni aniqladilar. Olimlar tomonidan tadqiq qilingan millatlar orasida nemis va slavyan xalqlari hisobga olinmagan

Nilufar Usmonova nogiron yigit tomonidan yozilgan she'rni qo‘shiqqa aylantirdi>>

O‘zbekistonlik taniqli qo‘shiqchi Nilufar Usmonova nogiron yigitning orzusini amalga oshirdi

Falaj onasini tishi orqali ovqatlantirayotgan qo‘lsiz bola internetda mashhur bo‘ldi>>

Chen Sin-Inning hayoti juda og‘ir kechdi: yetti yoshida elektr toki urishidan ikkila qo‘lidan ayrildi, ammo shunga qaramasdan dalada ishlay boshladi. U 20 yoshligida otasi vafot etdi, yigit onasi bilan yolg‘iz qoldi

Obama 1 yoshli bolakayni 101 yillik tavallud ayomi bilan tabrikladi>>

AQSh Oq uyi Yuta shtatida yashovchi oila farzandiga tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabriknoma yubordi. AQSh ma'muriyatining rasmiy blankasidagi maktubda “Aziz Benjamin: 101 yillik tavallud ayoming bilan tabriklayman”, deb yozib qo‘yilgan edi

Mourino Yeva Karneyroni haqorat qilgani uchun 5ta o‘yinga chetlatilishi mumkin>>

Angliya futbol assotsiatsiyasi "Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinoga nisbatan ish ochdi

AQShda bir-biriga juda ham o‘xshash uch egizak dunyoga keldi>>

Nyu-York shahridagi Jyeyson va Kelli Fenlilar oilasida bir-biriga aynan o‘xshash uch egizak — Maylza, Noa va Ouena Fenli dunyoga keldi

Top