08:40 / 20.09.2015
1958

«Milan» og‘ir kechgan o‘yinda «Palermo»ni mag‘lub etdi

Italiya chempionati doirasida "Milan" va "Palermo" klublari o‘rtasida kechgan uchrashuv dramatik ko‘rinish oldi.

Juda og‘ir kechgan o‘yinda milanliklar 3:2 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘yinda hisob bo‘yicha "quvlashmachoq" kechdi. Lekin o‘yindagi birinchi va oxirgi gollar "Milan"ning yozgi transferlardagi eng omadli xaridi Bakka hisobiga yozildi.
Endilikda, Sinisha Mixaylovich shogirdlari hisobida 6ta ochko bor va jamoa turnir jadvali ekvatoriga ko‘tarildi.

Milan – Palermo 3:2 (2:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 21 Bakka, 1:1 – 32 Xilemark, 2:1 – 40 Bonaventura, 2:2 – 72 Xilemark, 3:2 – 75 Bakka.
Milan – Lopes, Abate (Kalabriya, 18), Sapata, Romanoli, De Shilo, Kutska, Montolivo, Bonaventura, Xonda (Poli, 79), Luis Adriano (Balotelli, 70), Bakka.
Palermo – Sorrentino, Struna, Gonsales, El-Kautari, Lazaar, Xilemark (Rigoni, 89), Yayalo, Chochev, Vaskes, Jurjyevich (Jilardino, 56), Kvayson (Traykovski, 70).
Ogohlantirishlar: Lazaar (45), Gonsales (66), Montolivo (80).

Top