10:03 / 20.09.2015
2423

Nyu-Meksikoda AQSh harbiy samolyoti qulab tushdi

AQSh harbiy havo kuchlariga tegishli o‘quv samolyoti shanba, 20 sentabr kuni Amerikaning Nyu-Meksiko shtatida qulab tushdi. Bu haqda mahalliy hukumat xabar qildi.
Ular ma'lumotiga ko‘ra, turi ma'lum qilinmagan samolyot bortida ikki kishi — harbiy instruktor va uning o‘quvchisi bo‘lgan.
Qulash oldidan ular katapulta qilishga ulgurgan. Biroq uchuvchilarning biri tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa sabablari hozircha noma'lum. AQSh Aviatsiya boshqaruvi federal boshqarmasi baxtsiz voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Top