12:57 / 20.09.2015
2223

OAV: AQSh va Xitoy kiberxavfsizlik sohasida kelishuvga erishishni mo‘ljallamoqda

Qo‘shma Shtatlar va Xitoy yaqin kunlarda tezkor tartibda kiberxavfsizlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazib, mazkur sohada shartnoma imzolashni mo‘ljallamoqda. Bu haqda shanba, 20 sentabr kuni New York Times ma'lum qildi.

Nashrning vaziyatdan xabaror bo‘lgan axborot manbasiga asoslanib xabar berishicha, tomonlar erishishga harakat qilayotgan shartnomada tinchlik vaqtida dunyoning boshqa davlatlaridagi nihoyatda muhim obektlar infratuzilmalariga har ikki mamlakatning kiberhujumlarni birinchi bo‘lib boshlamaslik sharti belgilab qo‘yiladi.

New York Times`ning ma'lum qilishicha, mazkur shartnoma kelgusi haftada XXR raisi Si Tszinpinning AQShga tashrifi doirasida imzolanishi mumkin.

Gazetaning qayd etishicha, nihoyatda muhim obektlarga elektrostansiyalar, shifoxonalar va telefon tarmoqlari va boshqalar mansub.

So‘nggi vaqtlarda AQSh ma'muriyati tez-tez kiberxurujlar nishoniga aylanmoqda. So‘nggi marta sentabr oyida xakerlar Harbiy kuchlar Rahbarlar shtabi qo‘mitasi elektron pochtasiga hujum qilib, 25 mln nafardan ziyod davlat xizmatchilarining shaxsiy ma'lumotlarini o‘g‘irlagan.

AQSh Milliy razvedkasi direktori Jyeyms Kleper xodimlar ma'lumotlar bazasiga buzib kirishlar uchun javobgarlikni xitoylik xakerlar zimmasiga yuklagan. Pekin esa ushbu ayblovni qat'iy ravishda rad etgan.

Top