09:02 / 20.09.2015
1768

Peres: De Xeaga tovon sifatida 10 mln yevro to‘lashimiz haqidagi gaplar to‘g‘ri emas

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres "MYu" darvozaboni David De Xeaga madridliklar safiga o‘tmay qolgani uchun 10 million yevro to‘lanishi haqidagi xabarlarni inkor etdi.

"Men har kuni De Xeaga 10 million yevro to‘lanishi haqida eshitmoqdaman. Ammo bu g‘irt yolg‘on", - deydi Peres.

Eslatib o‘tamiz, David De Xea transfer hujjatlari o‘z vaqtida yetkazib berilmagani sababli "MYu"dan "Real"ga o‘tmay qolgan va shundan so‘ng mankunianliklar bilan shartnomasini 4 yilga uzaytirgan edi.

Top