09:59 / 20.09.2015
2188

Peterburg yaqinida yuk tashuvchi avtomobil ishtirokidagi YTHda turk konsulligi xodimlari halok bo‘ldi

Rossiyaning Peterburg shahri atrofini o‘rab olgan halqa yo‘lida turk konsulligi xodimlari ketayotgan diplomatik raqamli Hyundai Sonata yuk tashuvchi mashinaga to‘qnashib, ag‘darilib ketishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda 47 News portali xabar berdi. To‘qnashuvda halok bo‘lgan ikki erkak konsullik idorasi xodimlari bo‘lgan.
Guvohlar taxminiga ko‘ra, avtomobil konsullikning texnik xizmatiga tegishli bo‘lgan.

Top