07:50 / 20.09.2015
3242

Teves “Arxentinos Xuniors”ning 21 yoshli futbolchisining oyog‘ini sindirib qo‘ydi

“Boka Xuniors” hujumchisi Karlos Teves Argentina chempionatidan o‘rin olgan uchrashuvda “Arxentinos Xuniors” klubi yarimhimoyachisi Esekiel Amga jiddiy jarohat yetkazdi. 

Uchrashuv 2-bo‘limining o‘rtalarida “Yuventus”ning sobiq o‘yinchisi maydon o‘rtasidagi to‘qnashuvdan keyin 21 yoshli futbolchining oyog‘ini sindirib qo‘ydi.

Biroq hakam Tevesda bu vaziyatgacha bitta ogohlantirish bo‘lgani uchun futbolchiga bu qo‘polligi uchun sariq kartochka ko‘rsatishni lozim topmadi.

“Boka Xuniors” ushbu uchrashuvda 1:3 hisobida mehmonda g‘alaba qozondi. Karlos Teves qo‘polligidan tashqari, raqib darvozasiga kiritgan ikkita to‘pi bilan ham esda qoldi. “Boka Xuniors” 25 turdan keyin 55 ochko to‘plagan holda chempionatda yetakchilik qilmoqda.

Top