10:31 / 21.09.2015
3086

“Taxtlar o‘yini” seriali “Emmi” televizion mukofotini qo‘lga kiritdi

Fantastika janrida suratga olingan Amerikaning “Taxtlar o‘yini” (Game of Thrones) seriali “Emmi” televizion mukofotining praym-taym (reklama berish uchun eng maqbul vaqt) vaqtida efirga uzatiluvchi eng yaxshi teledasturlardan biri deb topildi. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.

Tantanali marosim AQShning Los-Anjyelos shahridagi “Maykrosoft” teatrida bo‘lib o‘tdi.

“Taxtlar o‘yini” mukofotning “Eng yaxshi dramatik serial” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi. “Eng yaxshi komediyali serial” nominatsiyasi esa “Vitse-prezident” (Veep) siyosiy seriali uchun taqdim etildi. Ushbu seriallar HBO telekanali orqali efirga uzatilmoqda.

“Taxtlar o‘yini”, shuningdek, eng yaxshi ssenariy, eng yaxshi rejissura va ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyorlik ishi kabi yo‘nalishlarda ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

“Emmi” praym-taym mukofoti – AQShdagi televideniye sohasida eng asosiy mukofot sanalib, har yili Amerika televizion akademiyasi tomonidan taqdim etiladi.

Top