15:26 / 21.09.2015
2888

Burkina-Fasoda isyonchi harbiylar hokimiyatni topshirishga rozi bo‘ldi

Burkina-Fasoda davlat to‘ntarishini amalga oshirgan harbiylar yetakchisi Jilber Dendere mamlakatda referendum o‘tkazilishi va qonuniy hukumat tuzilishi bo‘yicha kelishuvga rozilik bildirdi. Bu haqda shu masala bo‘yicha o‘tkazilgan muzokarada ishtirok etgan Senegal prezidenti Mayei Sall ma'lum qilgan.

Shu bilan birgalikda, saylovlar o‘tkazilgunicha mamlakatni Jilber Dendere boshqarib turadi.

O‘z navbatida, bu muzokaralar natijasi barchani ham qanoatlantirmagan. Burkina-Fasodagi Huquq himoyachilari bu kelishuvni sharmandali natija sifatida qabul qilishgan.

Bundan avvalroq, muzokaralar arafasida ishtrokchilardan biri, Benin prezidenti Tomas Boni Yayi muzokaralar so‘ngida "yaxshi yangilik" bo‘lishi haqida aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta boshida Burkina-Fasoning isyonchi harbiylar tomonidan garovga olingan muvaqqat hukumati va prezident Mishel Kafando 18 sentabr kuni ozod qilingandi.

19 sentabr kuni esa harbiylar va davlat to‘ntarilishiga qarshi tomon tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lib, kamida 10 kishi halok bo‘lgan, 100 nafar atrofidagi kishi jarohatlangandi.

Top