18:49 / 21.09.2015
2098

Facebook va Instagram “VKontakte” havolalarini joylashtirishga ruxsat berdi

“VKontakte” havolalari yana Facebook va Instagram`da paydo bo‘la boshladi.

Xabar qilinishicha, Facebook va Instagram profilida Rossiya ijtimoiy tarmog‘i (vk.com) bosh sahifasi ilovasi muammolarsiz ko‘rinmoqda va ular orqali “VKontakte”ga kirish ham to‘g‘ri kechmoqda.

Avvalroq, Instagram fotoxizmati va Facebook ijtimoiy tarmog‘i “VKontakte”ga bog‘lanuvchi faol ilovalarni bloklashi to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida shaxsiy xabarlar va yangi yozuvlarga, shuningdek, Instagram`ga joylashtirilgan fotosuratlar ostidagi izohlarga https://vk.com ilovasi kiritilsa, “taqiqlangan ilovadan foydalanish” to‘g‘risida ogohlantirish paydo bo‘layotgan edi.

Top