18:13 / 21.09.2015
2915

Konimexda bosh hamshira ishga joylashtirish uchun 800 ming so‘m pora olib, jazoga tortildi

Konimexda bosh hamshira ishga joylashtirish uchun 800 ming so‘m pora olib, jazoga tortildi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Konimex tuman tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi Matluba Yunusova, garchi birovlarni ishga olish vakolati bo‘lmasa-da, ish qidirib kelgan G. Tursunovani aldab, uni ishga joylashtirish evaziga 800 ming so‘m tama qilgan.

Bu pulning yarmini olgan bosh hamshira bir oy davomida o‘z qurbonini aldab kelgan. Ammo uning firibgarligini tushungan Tursunova tegishli joylarga ariza bergan. Buning natijasida Yunusova pulning qolgan qismini olish chog‘ida qo‘lga tushirilgan.

Top