12:59 / 21.09.2015
2782

Kosta "Arsenal" bilan o‘yindagi harakatlari uchun 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

Bugun Angliya futbol Assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasi «Chelsi» va «Arsenal» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv paytida «Chelsi» hujumchisi Diyego Kosta va «Arsenal» himoyachisi Loran Koselni orasida yuzaga kelgan janjalli vaziyatni ko‘rib chiqadi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, FA yig‘ilishi Diyego Kostani uchta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilish to‘g‘risida qaror chiqarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Diyego Kosta Koselnining yuziga zarba bergan, «Arsenal»ning boshqa bir vakili Gabriel Paulista esa sherigini himoya qilaman deb, voqeaga aralashgan va qizil kartochka olib maydonni tark etgandi. O‘sha vaziyatda Diyego Kosta sariq kartochka bilan siylangan.

Qayd qilinishicha, qarorda Diyego Kostaning sariq kartochkasi Paulista yoki Koselni bilan bog‘liq vaziyatdan qaysi biri uchun ko‘rsatilgani muhim rol o‘ynaydi. Agar uchrashuv bosh hakami Maykl Din Diyego Kostaning Koselni bilan bog‘liq vaziyatni ko‘rmay qolganini tan olsa, futbolchi nosportcha harakati uchun 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilinadi.

Top