09:49 / 21.09.2015
9281

KUN.UZ dayjesti: Haftaning eng asosiy xabarlari (14-20 sentabr)

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga hafta (14-20 sentabr) davomida ro‘y bergan eng muhim xabarlarni takroran havola etamiz.

Toshkent shahri aholisi uchun sovuq suv xizmatining yangi tariflari 8 foizga qimmatlashdi>>

Toshkent shahrida 1 oktabrdan sovuq suv ta'minoti xizmati uchun yangilangan tariflar joriy etiladi.

Sergey Lavrov: AQSh “IShID” pozitsiyalarini aniq biladi, biroq bombardimon qilmayapti>>

Moskva AQSh boshchiligidagi “IShID”ga qarshi koalitsiyaning boshqa maqsadlari borligidan gumon qildi.

Makkadagi fojia tufayli jabr chekkan ziyoratchilar haqida ma'lumot berildi>>

Makkada sodir bo‘lgan baxtsiz hodisadan jabr ko‘rganlar haqida ma'lumotlar e'lon qilindi. Xorijiy OAV ma'lumotlariga qaraganda, joriy yil 11 sentabr kuni yuz bergan fojia tufayli jami 201 nafar kishi jabrlangan.

15 sentabrda Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 70- sessiyasi ish boshladi>>

BMT Bosh assambleyasining 70- sessiyasi jahon tashkilotining Nyu-Yordagi bosh qarorgohida o‘z ishini boshladi. Bosh kotib Pan Gi Mun va 70- sessiya raisligiga 2015 yil iyun oyida saylangan avstraliyalik diplomat Mogens Likketoft rahbarligida yangi bir yillik Birlashgan millatlar tashkiloti tarixidagi eng mazmunli yil bo‘lishi va'da qilinmoqda.

O‘zbekistonda 1 oktabrdan tabiiy gaz uchun to‘lovlar qimmatlashadi>>

Shu yilning 1 oktabr kunidan O‘zbekiston aholisi va ulgurji iste'molchilarga beriladigan tabiiy gaz uchun Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yangi tariflar joriy qilinmoqda.

Tojikiston IVV: Nazarzoda Romit darasidagi so‘nggi harbiy operatsiya chog‘ida o‘ldirildi>>

Tojikiston IIV matbuot xizmati general Abduhalim Nazarzoda boshchiligidagi jangarilar guruhining so‘nggi vakillari yo‘q qilingani operatsiya paytida Nazarzodaning o‘zi ham o‘ldirilgani haqida bayonot berdi.

O‘zbekistonda 1 oktabrdan elektr energiyasi to‘lovi qimmatlashadi>>

Yoqilg‘i energiya boyliklari tannarxi oshish munosabati bilan «O‘zbekenergo» AJ 2015 yilning 1 oktabridan boshlab elektr energiyasining narxlari oshganligini ma'lum qildi.

Bashar Asad: Agar Yevropa qochqinlar taqdiridan xavotirda bo‘lsa, terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatsin>>

Suriyaning rasmiy rahbari Bashar Asad Rossiyaning bir qancha ommaviy axborot vositalari, jumladan, Rossiya TV, NTV, “Pervyy kanal”, RT telekanallari, “Rossiya segodnya”, TASS, Interfaks agentliklari, “Rossiyskaya gazeta” nashrlari bilan suhbat o‘tkazdi.

Ucell kompaniyasining bosh aksiyadori O‘zbekiston bozoridan ketadi>>

TeliaSonera kompaniyasi “Yevrosiyo” mintaqasidagi, shu jumladan, O‘zbekistondagi faoliyatini ham sekin-asta to‘xtatadi. Bu haqda kompaniya prezidenti Yoxan Dennelind axborot berdi.

O‘zneftmahsulot: shov-shuvlarga inonmang!>>

O‘zbekistonda yonilg‘i mahsulotlari ta'minotida uzilishlar kelib chiqmaydi. Bu boradagi bayonot “O‘zneftmahsulot” AK saytida joylashtirildi.

Kurash yozgi Osiyo o‘yinlari rasmiy dasturiga kiritildi>>

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo olimpiya kengashi bosh assambleyasida kurashni 2018 yil avgust-sentabr oylarida Jakartada o‘tadigan 18-yozgi Olimpiya o‘yinlari rasmiy dasturiga kiritish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.

Saudiya Arabistoni halok bo‘lgan ziyoratchilarning oilalariga 350 ming dollardan yordam ko‘rsatadi>>

Saudiya Arabistoni Makkadagi baxtsiz voqea oqibatida halok bo‘lgan ziyoratchilarning oilalariga 350 ming dollardan moddiy yordam ko‘rsatadi.

O‘zbekistonda Qurbon hayiti bayrami 24 sentabr kuni nishonlanadi>>

24 sentabr kuni O‘zbekistonda Qurbon bayrami sifatida nishonlanadi. Shu kuni respublikada dam olish kuni bo‘lishi e'lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarorida ko‘rsatilgan.

Toshkentdagi «Wyndham Tashkent» mehmonxonasi yonidagi biznes-markazida yong‘in kelib chiqdi>>

18 sentabr kunining ikkinchi yarmida, soat taxminan 18:30da Toshkent shahridagi «Wyndham Tashkent» mehmonxonasi yonidagi biznes markazida (eski nomi - "Leto bar") yong‘in kelib chiqdi.

Toshkentda ShHT aksilterror strukturasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi>>

Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotining mintaqaviy aksilterror strukturasi 27-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston va struktura ijroiya qo‘mitasi vakillari tashkilotga a'zo davlatlar chegara xizmatlari vakillari ishtirok etdi.

«LUKOYL» O‘zbekistonda 30 milliard kubometr tabiiy gaz qazib oldi>>

O‘zbekistonda «LUKOYL» kompaniyasi boshqaruvchiligida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida qazib olingan tabiiy gazning umumiy hajmi 30 mlrd kubmetrni tashkil etdi. Ushbu hajmning asosiy qismi (85 foizga yaqin) Buxoro viloyatida joylashgan Xauzak-Shodi uchastkasiga to‘g‘ri keladi.

Yo‘l qoidasi buzilishi yuzasidan belgilanadigan jarimalar miqdori e'lon qilindi>>

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan yo‘l qoidasi buzilishi yuzasidan belgilanadigan jarimalar miqdori e'lon qilindi.

 

Pasport qoidalarini buzish yuzasidan belgilangan jarimalar miqdori ma'lum qilindi>>

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Ichki ishlar vazirligi Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilayotgan huquqbuzarliklar va jarimalar miqdori to‘g‘risida ma'lumotni e'lon qildi.

IIV: Biznes-markazdagi yong‘inda qurbon bo‘lganlar yo‘q>>

2015 yil 18 sentabr kuni taxminan soat 18dan 46 daqiqa o‘tganda Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Markaziy dispecherlik xizmatiga shaharning Amir Temur shoh ko‘chasida joylashgan 12 qavatli Biznes markazi binosining tashqi tomonida yong‘in sodir bo‘lganligi haqida xabar kelib tushgan.

BAA shahzodasi shayx Rashid ibn Muhammad Al-Maqtum yurak xurujidan vafot etdi>>

19 sentabr kuni BAA shahzodasi, Dubay amirligi taxti vorislaridan biri shayx Rashid ibn Muhammad Al-Maqtum vafot etdi.

Yaponiya parlamenti o‘z harbiylariga xorijdagi jangovor harakatlarda ishtirok etishga ruxsat berdi>>

Yaponiya parlamenti oliy palatasi ko‘pchilik ovoz bilan milliy mudofaa kuchlarining vakolatlarini kengaytirish haqidagi qonunlar paketini qabul qildi.

O‘zbekiston telefon tarmoqlarini raqamlashtirish uchun 2,5 mlrd dollar sarfladi>>

Oxirgi 10 yil ichida O‘zbekiston barcha shaharlararo, xalqaro va mahalliy telefon stansiyalarini raqamlashtirish maqsadida umumiy qiymati 2,5 mlrd dollarni tashkil qiluvchi 40 dan ziyodroq loyihani amalga oshirdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidagi manba.

Xurshid Tojiboyev APB chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi>>

Toshkentdagi muhtasham “O‘zbekiston” sport majmuasida boksning yangi yo‘nalishi – APB (AIBA Pro Boxing) bo‘yicha boks kechasi o‘tkazildi.

Top