08:50 / 21.09.2015
8352

KUN.UZ dayjesti: Haftaning eng muhokamabop xabarlari (14-20 sentabr)

Hurmatli o‘quvchilar, tugayotgan haftada (14-20 sentabr) ro‘y bergan eng muhokamabop xabarlarini takroran havola etamiz.

Ruslan Chagayev Rossiya fuqaroligini olish niyatida emasligini ma'lum qildi>>

WBA (Regular) yo‘nalishida jahon chempioni bo‘lmish o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev Rossiya fuqaroligini olish niyatida emas. 

Nazarboyevning qizi bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlanganiga izoh berildi>>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning matbuot kotibi Davron Abayev prezidentning qizi, jamoat arbobi Darig‘a Nazarboyevaning bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishiga izoh berdi. 

Toshkent shahrida yangi propiskadan o‘tgan fuqarolarning uy ololmayotgani bo‘yicha qilingan shikoyatlarga javob berildi>>

Toshkent shahrida propiskadan o‘tganiga uch yil bo‘lgan ayrim fuqarolar shahar hududidan uy sotib ololmayotgani aytib, ommaviy axborot vositalariga shikoyat qilmoqda. 

Abituriyentning o‘rniga imtihonga kirgan talaba ikki yildan so‘ng o‘qishdan chetlashtirildi>>

Jizzax politexnika institutida o‘qib kelayotgan Ilhom Qurbonov ikki yil muqaddam bir abituriyentning o‘rnidan imtihonga kirganligi oshkor bo‘lib, talabalikdan chetlashtirildi. 

Olma-ota viloyatida tug‘ruqxona hamshirasi o‘zbekistonlik ayolning bolasini 3 ming dollarga sotib yubordi>>

Olma-ota viloyati ko‘p tarmoqli klinik shifoxonasining tug‘ruqxonasida Olma-ota shahrining Avezov tumani prokuraturasi tomonidan yangi tug‘ilgan chaqaloqni sotish holati aniqlandi. 

Oliy ta'lim vazirligi: kontrakt pulining 40-60 foizi stipendiyalar uchun sarflanadi>>

Hozirgi kunda O‘zbekistonning oliy ta'lim muassasalarida stipendiyaning o‘rtacha miqdori 300 ming so‘mni yoki yiliga 3.6 mln so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Turmush o‘rtog‘ining tobuti oldida tabassum qilgan ayol internet foydalanuvchilarini hayratga soldi>>

AQShning Ogayo shtatida yashovchi Yeva Holland Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirgan turmush o‘rtog‘ining tobuti oldida tabassum qilgan holda tushgan rasmi internet foydalanuvchilarining qahru g‘azabiga sabab bo‘ldi. Eng g‘aroyibi, u o‘g‘li va qizini ham kulib turishga undagan.

Ramzon Qodirov: islom dunyosi uyg‘onganda, “IShID” va “Al-Qoida” egalariga qiyin bo‘ladi>>

Islom dunyosi hali uyg‘ongani yo‘q. Bu yuz berganda “IShID” terrorchilik tashkilotiga qiyin bo‘ladi, deb hisoblamoqda Checheniston rahbari Ramzon Qodirov.

Aholi terminallar yo‘qligidan shikoyat qilmoqda>>

O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi ishonch telefonlariga bo‘ladigan murojaatlarning asosiy qismi savdo nuqtalarida terminallarning ishlamayotgani yoki umuman yo‘qligi borasidagi shikoyatlarga bog‘liqdir.

AQShda 14 yoshli o‘smir bombaga o‘xshash soat yasagani uchun hibsga olindi>>

14 yoshli Ahmad Muhammad (Ahmed Mohamed) maktabga o‘qituvchilarining ko‘ziga bomba bo‘lib ko‘ringan qo‘lbola soatni ko‘tarib kelgani uchun politsiya mahkamasiga olib kelindi. 

O‘zbekiston jahon armiyalari ro‘yxatida 54-o‘rinda>>

O‘zbekiston Global Firepower Index harbiy qudrat reytingining yangi versiyasida 54-o‘ringa qo‘yildi. Reytingga jami 126 mamlakat kirdi.

Ucell: O‘zbekistondagi faoliyatimizni davom ettiramiz>>

O‘zbekistonning Ucell mobil operatori TeliaSonera Shvetsiya-Finlyandiya telekommunikatsion guruhining “Yevrosiyo” zonasini tark etishi borasidagi axboroti munosabati bilan o‘z bayonotini tarqatdi. Tahririyatga kelib tushgan bayonotda ta'kidlanishicha, kompaniya O‘zbekiston bozoridagi faoliyatini eski tartibda davom ettiraveradi.

Toshkentda birinchi AVTOTEST avtomaktabining ochilishi bo‘lib o‘tdi>>

17 sentabr kuni Toshkentda birinchi AVTOTEST innovatsion avtomaktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yaqin kunlarda avtomaktab 50 nafar o‘quvchini qabul qiladi. Ular ertalabki (9:00-12:00) va kechki (18:00-21:00) guruhlarda tahsil oladi. Ta'lim davri 3 oyni tashkil qiladi.

Internetda Chorsu bozori yaqinida ag‘darilib yotgan kranlar tasvirlari paydo bo‘ldi>>

Oloy bozori yaqinida joylashgan biznes markazida kelib chiqqan yong‘in atrofidagi shov-shuvlar sovib ulgurmasdan, internetda poytaxtimizdagi Chorsu bozori oldida qurilish olib borayotgan kranlarning ag‘darilib yotgani tasvirlangan suratlar paydo bo‘ldi.

Mirabror Usmonov: Vadim Abramov ommaga bo‘hton singdirishga harakat qilayotgani tushunarsiz>>

Ushbu haftada O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi murabbiylar kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

YeI: Yevropaga kirib kelayotgan muhojirlarning 4/5 qismi suriyalik emas>>

Yevropa Ittifoqi tarqatgan ma'lumotda aytilishicha, Yevropa hududiga kirib olishga urinayotgan muhojirlarning aksar qismi Suriyadagi urushlardan aziyat chekkanlar emas, balki to‘kin hayotga erishishni istagan boshqa qit'aliklar hisoblanishadi.

Ronaldu "Granada" bilan o‘yin oldidan suriyalik 7 yoshli muhojir bolani maydonga yetaklab tushdi>>

Vengriyalik telejurnalistdan jabrlangan suriyalik muhojir bola Ispaniyada qadr topdi.

Gretsiya sohilida 5 yoshli suriyalik qizchaning jasadi topildi>>

Qayd etilishicha, bir guruh muhojirlar Gretsiya sohillariga qayiqda yetib olishmoqchi bo‘lganda, qayiq cho‘kib ketgan. Oqibatda 5 yoshli kichik qizcha halok bo‘lgan. Bundan tashqari, yana bir necha nafar muhojirlar bedarak yo‘qolgan.

Top