18:41 / 21.09.2015
1981

O‘zbekistonda 1991 yildan buyon 50 mingdan ziyod sayyohlar uchun o‘rinlar tashkil etildi

Mustaqillik qo‘lga kiritilgan 1991 yildan buyon O‘zbekistonda 50 ming sayyoh o‘rniga mo‘ljallangan 500dan ziyod mehmonxonalar ishga tushirildi. Bu haqda “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda keltirilishicha, mamlakatda sayyohlik sohasining taraqqiy etishida mehmonxonalar faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan ham yurtimizda kundan-kunga yangi mehmonxona markazlari va muassasalari tashkil etilmoqda. Bugungi kunga qadar 500dan ziyod mehmonxona va komplekslar mustaqillik yillarida ishga tushirildi.

Ular tomonidan bir vaqtning o‘zida 50 mingdan ziyod sayyohlarga xizmat ko‘rsatish imkoni yaratilgan. Faqatgina so‘nggi 8 yil ichida 300dan ortiq xususiy mehmonxonalar ish boshladi.

Top