19:46 / 21.09.2015
2394

The Sunday Times: “PSJ” Krishtianu Ronalduga 109 mln funt sterling taklif qilishga tayyor

Fransiyaning “Pari Sen-Jyermen” futbol jamoasi Madridning “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olishga yana bir urinib ko‘rmoqchi.

Yozda madridliklar 30 yoshli futbolchini 87,3 funt sterlingga (118,5 mln yevro) sotishga ko‘nmagan edilar. Endi esa parijliklar narxni ko‘tarib, super futbolchiga 109,2 mln funt sterling (148,5 mln yevro) taklif qilmoqdalar.

Agar Ronaldu Parijga ko‘chib o‘tadigan bo‘lsa hozirgi yiliga 15 mln funt sterling maoshidan ancha ko‘proq oladi, butun kelishuv esa maosh bilan birgalikda 250 mln funt sterlingni (340,6 mln yevro) tashkil qiladi.

Top