22:54 / 21.09.2015
2461

Universal kinokompaniyasi yangi “Stiv Jobs” filmining treylerini chop etdi

Universal kinokompaniyasi o‘zining YouTube-kanalida Apple kompaniyasi asoschisi haqida “Stiv Jobs” deb nomlangan biografik filmning ikkinchi rasmiy treylerini joylashtirdi. Film AQShda oktabrdan ekranlarga chiqarilishi kutilmoqda, dunyodagi qolgan kinoixlosmandlari filmni noyabr boshlarida ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Ikki minutli treylerda Jobs hayotidagi uch bosqich: uning parvozi, yiqilishi va tantanavor qaytishi haqida so‘zlangan.

Filmda bosh qahramon rolini Maykl Fassbender ijro etgan. Filmda shuningdek Keyt Uinslet, Set Rogen v Jyeff Deniyels kabi aktyorlar rol ijro etishgan. Filmga “Nina ustida” (Na igle) va “Xarobalardan chiqqan millioner” (Millioner iz trushchob) kabi shov-shuv qozongan suratlar rejissyori, britaniyalik Denni Boyl rejissyorlik qildi.

Top