16:22 / 22.09.2015
1645

Axel Springer Business Insider nashri tomonidan sotib olinishi mumkin

Axel Springer SE matbaa konserni AQShning Business Insider internet nashri tomonidan 560 mln dollarga sotib olinishi mumkin. Ma'lum qilinishicha, bu boradagi shartnoma bir necha hafta ichida yakunlanadi.
2015 yil yanvarida matbaa uyi Business Insider’ning minoritar aksiyalar paketini xarid qilgan edi.
Matbaa uyiga 1946 yilda asos solingan. Mediakompaniya dunyoning 27 mamlakatida 150dan ortiq gazeta va jurnallarni nashr etadi.

Top