16:26 / 22.09.2015
7186

KXShT bosh kotibi: IShID Rossiyaga jiddiy tahdid solmoqda

IShID terrorchi guruhi Rossiyaga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Bu haqda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti bosh kotibi Nikolay Bordyuja TASS agentligiga bayonot berdi.

“IShID barcha davlatlarga tahdid solayotgan yovuzlikdir. IShID jangarilari saflarida Yevropaning barcha davlatlari, Rossiya, KXShTga a'zo davlatlar vakillari bor. Ular bir kun kelib o‘z yurtlariga qaytadi, buning oqibatlari qanday bo‘lishi tushunarli”, - dedi Bordyuja.

Uning fikricha, IShID o‘z ta'sirin kuchaytirishga va yangi hududlarni egallashga harakat qilmoqda.

Top