00:59 / 22.09.2015
2430

Microsoft kompaniyasi Skype bilan yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilishi muddatlarini hozircha aytmayapti

Microsoft kompaniyasi Skype ishida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish muddatlarini hozircha aytmayapti. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.    

Avvalroq Skype’ning butun jahondagi foydalanuvchilari muammolarga duch kelayotganlari ma'lum qilingandi. Asosiy muammo shundaki, barcha foydalanuvchilarning statuslari “tarmoqdan tashqarida” holatiga o‘tib qolgan.

“Biz ba'zi foydalanuvchilar Skype’da ro‘yxatdan o‘tib, ishlay olishlariga imkon bermayotgan nosozlikni bartaraf etish ustida faol ish olib bormoqdamiz. Hozircha nosozlikning bartaraf etilishi bo‘yicha axborotga ega emasmiz”, deb aytildi matbuot xizmatida.

Top