09:22 / 22.09.2015
4071

Nike “mazali” krossovkalarni ishlab chiqardi

Nike sport buyumlari markasi o‘zining Air Max 90 City ayollar krossovkalari jamlanmasining 6 modelini yangilab, ularni dunyoning Nyu-York, Parij, Tokio, London, Shanxay va Milan singari shaharlaridagi shirinlik va ichimliklar nomi bilan atadi.

Ular charm, zamsh (hayvon terilaridan tayyorlanadigan yumshoq baxmalsimon charm) hamda yorqin va rangdor sun'iy materiallardan tayyorlangan, deya xabar qilinadi kompaniya press-relizida.

Nyu-Yorkda Nike ijodkor jamoasi qulupnayli chizkeyk (AQSh va Yevropa davlatlarida ommalashgan pishloq solingan shirinlik)ni tanlagan bo‘lsa, Tokioda esa Xarayuku moda tumani restoranlarida tortiluvchi oq guruchdan tayyorlanuvchi kreplar (blinchiklar) nomi bilan ataldi. Parij va Milanda ushbu mahsulot makarun-pirojniylari, Shanxayda tort, Londonda “Eton Mess” deb nomlangan an'naviy shirinlik bilan ataldi.

“Desert”-krossovkalar Nike`ning turli mamlakatlaridagi do‘konlari va rasmiy saytida savdoga chiqariladi.

Nike — sport buyumlari, kundalik foydalananish uchun libos va oyoq kiyimlari ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib, 1964 yilda AQShda asos solingan. Dastlab Blue Ribbon Sports nomi bilan atalgan. Nike mahsulotlari Nike Golf, Nike Pro, Nike+, Air Jordan, Nike Skateboarding brendlari ostida tayyorlanadi. Shu bilan birga, Cole Haan, Hurley International va Converse brendlari ham kompaniyaga tegishli. Uning bosh qarorgohi AQShning Oregon shtatidagi Biverton shahrida joylashgan.

Air Max 90 City Tokyo - Harajuku Crepe

Air Max 90 City New York - Strawberry Cheesecake

Air Max 90 City Milan - Aperitivo

Air Max 90 City London - Eton Mess

Top