12:33 / 22.09.2015
3612

O‘zbekiston kimyogarlari o‘z innovatsiyalari bilan importning o‘rnini bosmoqchi

O‘zbekistonlik kimyogarlar o‘z innovatsiyalari bilan importning o‘rnini bosmoqchi. Bu haqda kimyo sanoati innovatsion markazi direktori, texnik fanlar doktori, professor Abdulla Dadaxo‘jayev “Pravda Vostoka” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Yangi innovatsion ishlanmalarimiz qatorida mahalliy xom ashyo bo‘lmish dolomitdan magniy birikmalarini ishlab chiqarish bor, - dedi mutaxassis. – Undan mineral va magniy o‘g‘itlariga ichki qo‘shimcha sifatida foydalanishadi.

Maksam-Chirchiq OA negizida hozir tabiiy gazdan ammiak olishga mo‘ljallangan 6 turdagi yangi katalizatorlar ishlab chiqarilmoqda. Korxona ko‘p miqdorda import o‘rnini bosuvchi o‘g‘itlar ishlab chiqarmoqda”.

Top