09:41 / 22.09.2015
2809

O‘zbekiston transport infrastrukturasini rivojlantirmoqda

O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishning muhim shartlaridan biri bo‘lgan transport infrastrukturasini rivojlantirmoqda. Dengizga chiqish uchun ikkita mamlakat chegarasidan o‘tishi kerak bo‘lgan dunyodagi ikki davlatdan biri bo‘lgan O‘zbekiston xalqaro bozorga chiqish uchun birinchi navbatda yirik transport magistrallarini barpo etilishi talab qilinadi.

“Tovar va kapital ko‘chishining tezligi va arzonligi o‘sishning yuqoriligini, ishlab chiqarishdagi susayishning oldi olinishini ta'minlaydi”, - deb hisoblaydi mustaqil iqtisodiy ekspert Rahim Usmonov.
2015 yilning boshidan buyon hukumat 2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsion va yo‘l-transport infrastrukturasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturiga kiritilgan loyihalarni realizatsiya qilishga kirishdi.

Bu loyihalar birinchi galda temir yo‘l infrastrukturasiga qaratildi. Jumladan, joriy yilda 25 lokomotiv seksiyalari va 1 031 yuk vagonlari qayta tiklanib, 221 yuk va 10 yo‘lovchi vagoni qurildi.

Top