09:11 / 22.09.2015
4772

Qirg‘iziston hududida 1 kun ichida 3 marta zilzila qayd etildi

21 sentabr kuni Qirg‘iziston Seysmologiya instituti 3ta zilzilani qayd etdi.

Ulardan biri 21 sentabrga o‘tar kechasi Jalolobod viloyatida 4,5 balli kuch bilan sodir bo‘lgan. Zilzila markazi Jalolobod shahridan 35 km g‘arbdagi nuqtadan 22 km chuqurlikda bo‘lgan.

Shu kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:33da Alatov tizmalari hududida, Tamg‘a qishlog‘idan 22 km janubda 3 ball kuchga ega navbatdagi zilzila ro‘y bergan.

Uchinchi zilzila esa eng kuchlisi bo‘ldi. Qirg‘iziston janubidagi Jyetim-Bel tizmalari hududida yuz berib, uning kuchi MSK-64 shkalasi bo‘yicha 5 ballga yetgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, zilzilalar oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Top