09:54 / 22.09.2015
6787

Rim papasi dunyodagi muammolarni Rossiyaning ishtirokisiz hal qilishning iloji yo‘qligini aytdi

Rim papasi Frantsisk zamonaviy dunyodagi mavjud muammolarni Rossiyaning ishtirokisiz hal qilib bo‘lmaydi, degan fikrda. U Kubadagi tashrifi davomida shunday fikr bildirgan.

"Rossiya bilan maslahatlashmasdan dunyodagi muhim muammolarga tugal yechim topib bo‘lmaydi", deya qayd etgan Rim papasi.

U Rossiyaning Vatikandagi elchixonasi bilan mustahkam aloqalar mavjudligini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Biroz oldinroq, Rim papasi 25 sentabr kuni Rossiyaning BMTdagi vakili Vitaliy Churkin bilan uchrashishni rejalashtirgani xabar qilingandi.

Top