11:46 / 22.09.2015
2584

Rim papasi Frantsisk AQShga birinchi marta tashrif buyurmoqda

Bugun, 22 sentabr kuni Rim papasi Frantsisk AQShga o‘zining birinchi tashrifi bilan keladi. Uning samolyoti Vashington yaqinidagi Endryus aviabazasiga mahalliy vaqt bilan 16:00da qo‘nadi.

Papani AQSh prezidenti Barak Obama va uning turmush o‘rtog‘i Mishel Obama kutib oladi.

Keyingi kuni ertalab Oq uyda pontifik bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng papa Frantsisk markaziy Vashington maydoni – milliy molldagi paradga boshchilik qiladi.

Payshanba kuni ertalab esa Rim papasi AQSh Kongressining har ikki palatasi qo‘shma yig‘ilishida so‘zga chiqib, so‘ngra Vashingtondagi insonparvarlik tashkilotlariga tashrif buyuradi.

Eslatib o‘tamiz, Rim papasiga safar chog‘ida o‘ttizdan ziyod kishilar hamrohlik qilmoqda. Jumladan, Vatikan davlat kotibi kardinal Petro Parolin va “tashqi ishlar vaziri” arxiyepiskop Pol Richard Gallaxer, shuningdek, Alitalia kompaniyasining AZ4000 reysi bilan dunyoning yetakchi OAV jurnalistlari tashrif buyurgan.

Papaning xorij safari 28 sentabrgacha davom etib, papa Frantsisk 26 marotaba nutq o‘qishi rejalashtirilgan — ularning 4tasi ingliz, qolganlari ispan tilida bo‘ladi. Ushbu nutqlar oltita shahar — Kuba orolidagi Gavana, Olgin, Santyago-de-Kuba, AQShning Vashington, Nyu-York va Filadelfiya shaharlarida bo‘lib o‘tishi belgilangan edi. Rim papasi Kubadagi tashrifini nihoyasiga yetkazdi.

Top