06:53 / 22.09.2015
1820

Samyuel Eto′O Golden Foot-2015 sovrinini qo‘lga kiritdi

Ayni paytda Turkiyaning "Antalyaspor" klubida faoliyatini davom ettirayotgan kamerunlik hujumchi Samyuel EtoO Golden Foot-2015 sovrinini qo‘lga kiritdi.

Ushbu sovrin 28 yoshdan katta bo‘lgan futbolchilarga ko‘rsatgan yaxshi o‘yinlari uchun beriladi. O‘tgan yili Golden Foot-2014 sovriniga "Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta ham loyiq ko‘rilgandi.

Ma'lumot uchun, Eto′O o‘z vaqtida «Leganes», «Real», «Barselona», «Malorka», «Anji», «Everton», «Chelsi», «Sampdoriya» va «Inter» klublari sharafini himoya qilgan.

Bundan avvalroq, Monakoda o‘tkazilayotgan mukofotni topshirish marosimida "Futbol afsonasi" yo‘nalishida rossiyalik sobiq darvozabon Rinat Dasayevga ham shunday mukofot torshirilgani haqida xabar berilgandi.

Top