09:51 / 22.09.2015
9742

Suriya muxolifatiga AQShda tayyorlangan jangarilar qo‘shildi

Amerikalik instruktorlar tomonidan tayyorlangan 70 nafar jangchi Turkiya hududi orqali Suriyaga kirdi, deb xabar beradi AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi axborot xizmati.
Aytilishicha, “Suriyaning yangi kuchi” deb atalayotgan otryad muxolifatning mamlakat shimolidagi xatti-harakatlarida yetakchilik vazifasini bajarishi kutilmoqda.
“Xalqaro koalitsiya ko‘magida Suriyaning yangi kuchlari muxolifatning sara otryadlari safida jang qiladi hamda ular yirik bo‘linmalar samaradorligini oshirish uchun maxsus dasturlar davomida to‘plagan tajribalarini qo‘llaydi”, - deyiladi xabarnomada.

Top