20:03 / 22.09.2015
3530

Tallin meri poraxo‘rlikda gumon qilinib, hibsga olindi

Estoniya poytaxti Tallin shahri meri Edgar Savisaar poraxo‘rlikda gumon qilinib, hibsga olindi.

Edgar Savisaar oxirgi 2 yil davomida bir necha marta naqd pul va mulk shaklida yuz minglab yevro miqdorida pora olib kelgan, deyiladi Delfi portalida.

Savisaar bilan birgalikda yana bir necha kishi huquq-tartibot idoralari tomonidan tekshirilmoqda.

Ayni vaqtda shahar meri vazifasiga vaqtinchalikka Savisaarning o‘rinbosari Merike Martinson kirishgan.

Top