13:37 / 22.09.2015
4820

Xitoyda dunyoning eng qari erkak pandasi 30 yoshga to‘ldi

Dunyoda eng yoshi katta hisoblanuvchi erkak panda bo‘lmish Pan Pan Xitoyda o‘zining 30 yoshini nishonladi.

Ecns.cn nashrida xabar berilishicha, bu ko‘rsatkich odamlardagi 100 yoshga teng hisoblanadi.

Pan Pan Sichuan provinsiyasida ulkan pandalarni o‘rganish markazida istiqomat qiladi. Markaz xodimlari uning tuilgan kuni munosabati bilan qo‘shiq kuylab berishgan. Ushbu marosimda "yubilyar panda" uchun atrofi sabzi bilan o‘ralgan bayramona ulkan muzli tort tayyorlangan. 

Ma'lum qilinishicha, ushbu panda 1980 yilda yovvoyi tabiat qo‘ynida tug‘ilgan, u bir necha oylik bo‘lganida tadqiqotlar markaziga olib kelingan. Oxirgi 20 yil ichida unda 130dan ortiq panda tug‘ilgan. Bu esa tutqunlikdagi pandalarning 1/4 qismini tashkil etadi.

Qayd etilishicha, odatdagi pandalarning umr ko‘rish muddati 20 yil bo‘ladi.

Bundan oldinroq, Gongkongda Tszya-Tszya ismli urg‘ochi panda 37 yoshga to‘lgani haqida xabar berilgandi.

Top