15:10 / 22.09.2015
5997

Zulfiqor Musoqov: Obid Yunusov betakror inson edi

Dushanba, 21 sentabr kuni O‘zbekiston Xalq artisti Obid Yunusov 81 yoshida olamdan o‘tgani xabar qilingan edi.

Shu munosabat bilan taniqli o‘zbek rejissyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi Zulfiqor Musoqov Obid Yunusovning qarindoshlari, yaqinlari va do‘stlariga o‘zining chuqur qayg‘u va hamdardligini bildirdi.

“O‘z iqtidori bilan ssenariyda nima o‘ylangan bo‘lsa, shuni gavdalantirib nafaqat menga, balki ko‘plab rejissyorlarga yordam bergan kishini yo‘qotish juda og‘ir. Hojiakbar Nurmatov, To‘ychi Oripov, Jamal Hoshimov, Javlon Hamroyev, Rimma Ahmedova, Andrey Krasko...”, - dedi rejissyor qayg‘u bilan.

Obid Yunusov Musoqovning ilk kurs ishi – “Qaldirg‘och”ni tasvirga olishda ishtirok etgan. Rejissyor o‘sha vaqtlardagi yorqin xotiralarni ham yodga olib o‘tdi.

Musoqovning so‘zlariga ko‘ra, mashhur "Abdullajon yoki Stiven Spilbergga bag‘ishlanadi” filmi ssenariysi Obid Yunusov uchun maxsus yozilgan, biroq uning kasalligi sababli bosh rol ijrosi Rajab Adashovga topshirilgan.

“Keyin biz “Vatan” kartinasida uchrashdik. U juda xasta edi, uning oyog‘i singan bo‘lsa ham, murakkab kadrlarni mardlik bilan o‘tkazdi...”, deya eslab o‘tdi rejissyor.

Musoqov Yunusovning olamdan o‘tishi o‘zbek kinematografiyasi va teatri uchun katta judolik bo‘lganini aytib o‘tdi.

“U betakror edi. Uning janozasida tashlangan olma yerga tushmasligi aniq edi. Shunday xizmat qilish lozim... Xalq uni sevar edi, chunki u haqiqatdan ham xalqniki edi”, - qo‘shimcha qildi Zulfiqor Musoqov.

Top