11:23 / 23.09.2015
7559

”O‘zingga mos Galaxy tanla” aksiyasida bonusli daqiqalar, SMS va Internet

Beeline aloqa operatori “O‘zingga mos Galaxy tanla” aksiyasi boshlangani haqida xabar berdi. Mazkur aksiya doirasida Samsung Galaxy Ace4 lite, Galaxy J1 Ace, Galaxy J1, Galaxy Grand Prime, Galaxy Core Prime va Galaxy J5 smartfonlaridan biri harid qilinganda, 6 oy davomida har oy tarmoq ichida 300 daqiqa va 300 SMS, shuningdek, 300 Mb bonus tarzida taqdim etiladi.

“So‘nggi vaqtlarda “Samsung devayslarini qulay shartlar bilan sotish innovatsiya muxlislari o‘rtasida keng ommalashmoqda. ”O‘zingga mos Galaxy tanla” yangi aksiyasi ham Beeline`ning bepul bonuslaridan foydalangan holda yangi smartfon qulayliklarini sinab ko‘rish uchun ajoyib imkoniyatdir”, – deya ta'kidladi Unitel kompaniyasi tijorat direktori Maksim Yefremov.

Aktsiya 2015 yilning 30 noyabr kuniga qadar davom etadi. Uning amal qilish muddati davomida smartfon xarid qilgan abonentlar 2015 yilning 15 dekabriga qadar Beeline ofislaridan biriga bonuslarni olish uchun murojaat qilishlari mumkin. Xizmat ishga tushirilgan vaqtda bonuslar yangi yoqilgan yoki avvaldan mavjud bo‘lgan raqamlarga taqdim etiladi. Birinchi oydanoq xizmat yoqilgan sanadan qat'i nazar, bonuslar to‘liq hajmda beriladi. Foydalanilmagan bepul megabaytlar miqdorini bilish uchun esa *103# kodini kiritish, qolgan bepul SMS va bepul daqiqalar hajmini bilish uchun - *107# kodini terish lozim.

Bonuslar faqatgina Bravo Online aksiyasi ishga tushirilgan “Bravo Ooo!” tarif rejasida amal qilib, Beeline savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida beriladi. Qayta ro‘yxatdan o‘tish yoki ishlatilgan telefonlar uchun bonuslar taqdim etilmaydi.

Top