06:37 / 23.09.2015
6465

Bloomberg: “Robin Gud reytingi”da Geyts va Axmetov Usmonovni ortda qoldirdi

Bloomberg agentligi “Robin Gud reytingini” tuzdi. Joriy yilda mamlakatning eng nochor qatlami vakillari mamlakatning eng boy odami – “Robin Gud” agar ularga o‘z boyligini bo‘lib berganda ularga qanchadan pul tekkan bo‘lishi mumkinligi aniqlandi.         

Reytingning birinchi o‘rinlarini Kipr, Shvetsiya va Tayvan egalladi. Kiprning oz sondagi nochor aholisi mamlakatning eng boy odami Jon Fredriksendan 45,98 ming dollardan olgan bo‘lardilar. IKEA egasi Ingvar Kampradning boyligi esa har bir shvetsiyalik kambag‘alga 33 ming dollar keltirgan bo‘lardi.

Ro‘yxatning eng pastki qatorlarini katta aholi va nisbatan uncha boy bo‘lmagan milliarderlarga ega davlatlar – Hindiston, Nigeriya, Xitoy va Indoneziya egalladi. Misol uchun, agar Xitoyning eng boy odami, Alibaba kompaniyasining rahbari Jyek Ma xitoylik kambag‘allarga o‘z boyligini bo‘lib berganda har xitoylik kambag‘al 234 dollardan olgan bo‘lar edi.

Rossiya bu reytingda 33-o‘rinni egalladi. Alisher Usmonov boyligining rossiyalik nochor aholi o‘rtasida taqsimlanishi oqibatida ularga 1029 dollardan tekkan bo‘lardi. Bir pog‘ona yuqori o‘rinni, ya'ni 32-o‘rinni Ukraina egalladi: Rinat Axmetovning boyligi bo‘linganda har bir ukrainalik kambag‘alga 1057 dollardan keltirardi. AQShning eng boy odami Bill Geyts boyligining “arralanishi” har bir amerikalik kambag‘alga 1736 dollardan keltirgan bo‘lardi.

Reytingda yuqori o‘rinlardan biri – 11-o‘rinni  Gruziya egalladi. Agar Gruziyaning sobiq prezidenti Bidzina Ivanishvili o‘z boyligini nochorlarga ulashib berganda, unda har bir gruziyalik nochor 13,75 ming dollardan olardi.

Top