13:17 / 23.09.2015
2385

Instagram`dan foydalanuvchilar soni 400 milliondan oshdi

Instagram fotoxizmatidan foydalanuvchilar soni 400 million kishidan oshdi.

Ijtimoiy tarmoq rasmiy blogi xabariga ko‘ra, so‘nggi 9 oy ichida 100 million kishi ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning yarmidan ko‘prog‘i Yevropa va Osiyoda fotoxizmatdan foydalanishni boshlagan. Aksariyat foydalanuvchilar esa Braziliya, Yaponiya va Indoneziyada istiqomat qilishadi. Shuningdek, instagrammerlarning 25 foizi AQSh fuqarolaridir.

Bu davr ichida ommaviy mobil ilova orqali Pluton sayyorasi sathining ilk tasvirlari, UYeFA Chempionlar Ligasi finalining nishonlanishi, shuningdek, Namibiyadagi sahroda joylashgan ko‘lanka-shahar kabi ko‘pchilikka noma'lum va yashirin maskanlar suratlari e'lon qilindi.

Mazkur xizmatga 2010 yilning oktabrida asos solingan bo‘lib, ikki oyning ichida bir milliondan ortiq foydalanuvchiga ega bo‘ldi. 2013 yil fevralida esa uning har oylik auditoriyasi 100 milliondan oshdi. Ayni paytda har kuni ilovaga 80 milliontaga yaqin fotosurat joylanadi. Bugungi kunga qadar esa ijtimoiy tarmoqda 40 mlrddan ziyod fotosurat e'lon qilingan.

Top