08:46 / 23.09.2015
8801

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ommaviy zo‘ravonlik ehtimoli eng past mamlakat

Amerikaning Vashingtondagi Xolokost yodgorlik muzeyi mutaxassislari O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida tinch aholi tomonidan ommaviy zo‘ravonlik sodir etilishi ehtimoli eng past darajaga ega mamlakat sifatida qayd etildi.

“Oldindan ogohlantirish loyihasi” doirasida tuzilgan reytingda mintaqamizdagi barcha mamlakatlar ko‘k rangda tasvirlangan bo‘lib, tinch aholi tomonidan ommaviy zo‘ravonlik sodir etilishi bo‘yicha eng past ko‘rsatkich O‘zbekistonga tegishli – 0,3%. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yida O‘zbekiston dunyoning 162 mamlakati ichida 93- bo‘lib tilga olingan. Turkmaniston — 0,4% (88-o‘rin), Tojikiston — 0,5% (72-o‘rin), Qozog‘iston — 0,7% (57-o‘rin) va Qirg‘iziston — 1% (39-o‘rin).

Loyiha mualliflari shu yo‘l bilan hukumatlar va huquq himoyachilari, jamoatchilikni ommaviy qotilliklar sodir etilmasligi uchun oldindan choralar ko‘rish imkoniyatini taqdim etishni mo‘ljallagan.

Top