15:19 / 23.09.2015
4033

O‘zbekiston tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartlarini ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi hukumati 2015 yil 15 sentabr kuni «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Mazkur hujjatda tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha shartnomada sug‘urta puli bir yo‘lovchi hajmida 11 ming dollar, shu jumladan, 10 ming dollar yo‘lovchining hayoti va salomatligiga yana 1 ming dollar uning mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash uchun belgilandi.

Avvallari O‘zbekiston Respublikasining transport vositalarida umumiy foydalanishdagi havo, temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti chiptasiga ega yo‘lovchilarni majburiy sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta badali bir yo‘lovchi uchun eng kam oylik ish haqining 40 baravari miqdorida belgilangan edi. Erkin konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutaga xarib qilingan chipta bo‘lgan taqdirda, sug‘urta miqdori 20 ming dollarni tashkil etgan.

Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalarida yo‘lovchi ko‘rgan ma'naviy zarar va (yoki) yo‘qotilgan foyda uchun badal sug‘urta holatiga tegishli bo‘lmasligi belgilandi.

Shuningdek, shikastlangan yoki yo‘qotilgan antikvar va boshqa noyob ashyolar, qimmatbaho va yarimqimmatbaho tosh hamda metallardan tayyorlangan buyumlar, diniy e'tiqodga oid qimmatliklar, san'at namunalari, qo‘lyozmalar, nodir audiovizual ijod namunalari va boshqa intellektual faoliyat natijalari, shuningdek, qimmatbaho qog‘oz, naqt pul, shu jumladan xorij valyutasi ham sug‘urta holati hisoblanmaydi.

Top