13:06 / 23.09.2015
7861

O‘zbekistonda xorijlik firibgar soxta Zepter idish-tovoqlarini o‘z uslubida sotishda davom etmoqda

O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti o‘qituvchisi Sherzod Qudratxo‘jayev feysbukdagi sahifasida xorijlik firibgarga duch kelgani haqida xabar qoldirdi.

Uning ma'lum qilishicha, o‘zi yashayotgan mahallaga kirish joyida turganida, yoniga BMW avtomobili kelib to‘xtagan va undan o‘rta yoshlardagi, to‘ladan kelgan, soqollari bir oz o‘sgan yosh yigit tushib keladi. U iliq ko‘rishib, avtomobil yukxonasini ochadi va mahsulotlar tasviri tushirilgan qog‘oz qutidagi idishlarni sotib olishga undaydi.

“Shunda men avval ular o‘qiganlarim: go‘yoki u bolgariyalik moldovan bo‘lib, Qozog‘iston orqali o‘tib ketayotgani, kecha avariyaga uchrab, manisha yon tomonini urib olgani, ta'mirlash uchun pul zarurligi, shuning uchun Olma-Otadagi ko‘rgazmadan 600 dollarga sotib olgan Zepter jamlanmasini qancha bersa o‘shanchaga sotishi mumkinlini eshita boshladim”, - deya yozadi Sh.Qudratxo‘jayev.

Uning davom etishicha, o‘sha paytda o‘zini gipnoz ta'siriga tushayotgani, firibgarga qanchadir miqdorda pul taklif etish istagi paydo bo‘layotganini seza boshlagan.

“Biroq men birdaniga o‘zimga kelaman va ichimda jurnalistik notiqlik uyg‘onadi. Endi men savol berishni boshlayman: ...uning ismi, rus tilini qayerdan bilishi, mobodo lo‘li emasmi, Toshkent orqali o‘tib ketayotgan odam qanday qilib adashmasdan to‘g‘ri bizning mahallaga kelib qolgani, uning mahsuloti haqiqiyligiga kafolat borligi...”

Bunday savollar qarshisida jim bo‘lgan firibgarga ularni yarim shahar tanishini aytib, “janrni o‘zgartirishni” tavsiya qilinadi. Bu gaplarni eshitgan firibgar yukxonani yopib, darhol jo‘nab qoladi.

“Shundan so‘ng mendan uning gipnoz afsuni ketdi, birdaniga boshim og‘rishni boshladi... Yaxshilikni istash va so‘rash lozimligi va ikkinchidan: bu kabi firibgarlardan ehtiyot bo‘lish haqida o‘zimga xulosa chiqardim”, - deya davom etib, barchani firibgarlar muttahamligi domiga ilinadigan darajada sodda bo‘lmaslikka chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, foydalanuvchilar tomonidan tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarini go‘yoki qiyin vaziyatga tushib qolgan chet elliklardek ko‘rsatib, aldov yo‘li bilan odamlarga soxta mahsulotlarni o‘tkazib yurganlar haqida xabarlar, ularning fotosuratlari va firibgarlik tomoshalari haqida ma'lumotlar e'lon qilinishda davom etmoqda.

Top