Qozog‘istonlik chegarachilar O‘zbekiston bilan chegara zonasida ichiga oziq-ovqat qo‘shimchalari bankalari solingan quti topib olishdi. Bu haqda mamlakat chegara xizmati xabar bermoqda.
Quti ichidan Herbalife firmasida ishlab chiqarilgan 55 banka mahsulot topilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga bu borada ma'lumot berilgan.