09:43 / 23.09.2015
2664

Rossiya migratsion xizmati 16 ming qirg‘izistonlikni qora ro‘yxatdan o‘chirdi

Rossiya Federal migratsiya xizmati 16 ming qirg‘izistonlikni qora ro‘yxatdan chiqardi. Bu haqda Qirg‘iziston mehnat, migratsiya va yoshlar vazirligi xabar qildi.

Aytilishicha, bu odamlar 3 yilga mamlakat hududiga kirishga taqiq olgan edilar. Qora ro‘yxatdan chiqishning yana bir sharti taqiq muxlatining kamida 6 oyi o‘tib bo‘lganidir. Qora ro‘yxatda Qirg‘izistonning jami 49 ming fuqarosi bor edi.

Top