23:27 / 23.09.2015
4007

Sankt-Peterburgda Romanovlar oilasi a'zolari qoldiqlari eksgumatsiyasi yakunlandi

Rossiya Tergov qo‘mitasi vakillari Sankt-Peterburgning Petropavlovsk qo‘rg‘onida dafn qilingan Rossiyaning so‘nggi shohi oilasi a'zolari qoldiqlarini tobutlardan olish ishlarini yakunladilar. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligiga vaziyatdan xabardor manba ma'lum qildi.

“Tergovchilar barcha zarur harakatlarni yakunlashdi, barcha kerakli narsalarni olishdi va soat 18.10larda ketishdi. Sankt-Peterburg tarixi muzeyi yana normal tartibda ishlamoqda. Ertaga hech qanday harakatlar amalga oshirilmaydi”, deb aytdi manba.

Manbaning aytishicha, eksgumatsiya paytida shoh Nikolay II va imperatritsa Aleksandra Fedorovnaning qoldiqlari dafn qilingan Yekaterininsk mehrobi tashrif uchun qisman yopib qo‘yildi.

Top