07:22 / 23.09.2015
3107

Suriyalik ilk qochqinlar Buyuk Britaniyaga kelishdi

Bir necha ming kishidan iborat suriyalik qochqinlarning birinchi guruhi Buyuk Britaniyaga keldi, deb xabar bermoqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi.

Rasmiylar qochqinlarning aniq soni va ular qayerda joylashtirilishi haqida ma'lumot bermadilar.

Qochqinlar uy-joy, tibbiy yordam, ta'lim olish hamda kelgan kunlaridanoq ish bilan ta'minlanadilar. Bu barcha imkoniyatlar mamlakatning ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha hukumat dasturi doirasida taqdim qilinmoqda.

Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron qochqinlar Suriya bilan chegaradosh davlatlardagi qochqinlar lagerlaridan kelishlarini aytdi. Uning ta'kidlashicha, mamlakat qochqinlarning eng zaif vakillari, ya'ni nogiron bolalar, zo‘rlangan ayollar va qiynoqlarga solingan erkaklarni qabul qiladi.

Kemeron mamlakat 2020 yilgacha 20 ming qochqinni qabul qilishini ta'kidlab o‘tdi.

Bunday ko‘rsatkichga erishish uchun Buyuk Britaniya har oy 400 nafardan qochqinni qabul qilish kerak bo‘ladi.

Top