09:47 / 23.09.2015
2351

Temir Sariyev: Qirg‘izistonda OAVga bosim o‘tkazilmaydi, senzura yo‘q

Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyevning ta'kidlashicha, mamlakatda OAVga bosim o‘tkazilmaydi va senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi.

“Biz korrupsiyaga qarshi kurashda dadil qadam tashladik. Dastlabki natijalari katta bo‘lmadi, lekin ular bor, - dedi u hukumat qoshidagi aksilkorrupsiya kengashi yig‘ilishida. – Qirg‘izistonda daxlsiz odamning o‘zi yo‘q. Siz buni ko‘rib turibsiz.

Qaror qabul qiladigan tor guruh odamlari ham yo‘q. Faqat konstitutsion organlar bor. Prezident, oning huzurida mudofaa kengashi. Hukumat, Jo‘qorg‘i kengesh bor... Faqat davlat organlari qaror qabul qiladi”.

“Agar ularning ishida nuqson bo‘lsa, bu haqda ochiq gapirish lozim, - so‘zida davom etdi Sariyev. – OAV bu tomondan ochiqdir. Bizda ularga hech kim bosim o‘tkazmaydi, senzura yo‘q. Eng asosiy omilimiz esa siyosatda raqobatning borligidir”.

Top