17:18 / 23.09.2015
4479

Toshkentda ICTWEEK Uzbekistan 2015 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi muvaffaqiyatli yakunlandi

18 sentabr kuni City Palace Hotel mehmonxonasida mazkur kuzning eng keng miqiyosli tadbiri - ICTWEEK Uzbekistan 2015 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi yopilishining rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida AKT haftaligining homiy va hamkorlari, hafta mobaynida o‘tgan konkurslar g‘oliblari, tadbirlarning alohida e'tiborga molik qatnashchilari qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanishdi.

Ushbu yilda AKT haftaligi doirasida yagona formatga birlashtirilgan bir qator maxsuslashtirilgan tadbirlar o‘tkazildi.

ICTFORUM 2015 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumi 16 va 17 sentabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tdi. IT-soha professional va ekspertlarining e'tiborini jalb qilgan mazkur tadbir, AKT haftaligining eng muhimlaridan bo‘ldi. Forum bloklar ko‘rinishdagi konferensiyalar, seksiya yig‘ilishlari, master-klasslar va panel shaklidagi bahs-munozaralar formatida o‘tdi.

Forum dasturi ixtisoslashtirilgan tadbirlarni, jumladan, e-Government Uzbekistan, Best Soft Uzbekistan va Startup Conference, “AKT va Turizm” konferensiyalarini, “Telekommunikatsiyalar va infratuzilma”, “Internet va axborot resurslari”, “Axborot xavfsizligi” va “Banklarda innovatsion kun” seksiya yig‘ilishlarini o‘z ichiga oldi. Forumda 8ta mavzu yo‘nalishlari bo‘yicha 100dan ortiq ma'ruzachi qatnashdi. Ikki kun ichida tadbirga 1000ga yaqin kishi tashrif buyurdi.

18 sentabrda bo‘lib o‘tgan ICTSUMMIT 2015 Axorot-kommunikatsiya texnologiyalari Sammiti AKT haftaligining eng yirik tadbirlaridan bo‘ldi. Tadbir bu yil Rossiya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Belgiya, Qozog‘iston, Isroil, Xitoy, Shveytsariya va boshqa davlatlardan 400ga yaqin tadbirkorlarni, korxona rahbar va mutaxassislarini jamladi. Sammit faoliyatiga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat yurituvchi davlat boshqaruvi organlari, korxona va tashkilot rahbarlari, xalqaro ekspertlar va tahlilchilar, yirik milliy va xorijiy IT-kompaniyalarning vakillari, hamda xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT, Elektraloqa bo‘yicha Xalqaro Birlashma va Belgilangan nomlar va manzillar bo‘yicha Internet-korporatsiyasi (ICANN) ekspertlari jalb etildi.

Ma'ruzalarning umumiy mavzulari AKT boshqaruvi siyosatidagi tendensiyalar va asosiy o‘zgarishlar, AKTni rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturlarni amalga oshirishdagi yutuq va muammolar, AKTni iqtisodiyotning muhim soha va tarmoqlariga tadbiq etish amaliyoti va boshqa eng dolzarb masalalarni qamrab oldi.

ICTSUMMIT 2015 Sammitida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ma'ruzalar taqdim etildi: “Elektron hukumatni rivojlantirish”, “Iqtisodiyot tarmoqlarida AKTni tadqiq etish”, “Internet boshqaruvi” va boshqalar.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining milliy sohasidagi asosiy yutuqlarni namoyish qilishni maqsad qilib olgan ICTEXPO 2015 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasi (15-17 sentabr kunlari) haftalikning eng yorqin tadbirlaridan bo‘ldi. Ushbu yil tadbir Toshkentda – “O‘zekspomarkaz” Milliy Ko‘rgazma Komleksida va Samarqand shahrida – Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining Samarqanddagi filiali binosida bo‘lib o‘tdi.

Toshkentdagi tadbir, 1800 kv.m.dan ziyod maydon hududida joylashgan 150ga yaqin eksponent-kompaniyalarni jalb qildi. Uch kun ichida ko‘rgazmaga 20 mingga yaqin kishi tashrif buyurdi. Toshkentdagi ko‘rgazmada bir qator korxonalar nominatsiyalarda sovrinlar bilan mukofotlandilar.

“Stendning eng yaxshi dizayni” sovrini «LG CNS UZBEKISTAN» MChJ qo‘shma korxonasiga taqdim etildi. “Eng innovatsion stend” sovrini bilan “AVTOTEST REPORT” MChJ kompaniyasi taqdirlandi. «EastTelecom» MChJ “Stendning eng yaxshi texnik ta'minoti” mukovofotini qo‘lga kiritdi. “Stendning eng yaxshi axborot ta'minoti” sovrini bilan «Polymedia» Yopiq Aktsiadorlik Jamiyati taqdirlandi. “Eng ko‘p kelib ko‘rilgan stend” deb UZMOBILE (“O‘zbektelekom” AK filiali) stendi topildi. “Yoshlarning tanlovi” deb, «UNITEL» MChJ kompaniyasining stendi qayd etildi. “Eng yaxshi reklama kampaniyasi” sovrinini «Huawei Tech Investment Tashkent» MChJ xorijiy korxonasi qo‘lga kiritdi. “Stend oldi xodimlarining eng yaxshi faoliyati” mukofoti «Mediabay Asia» MChJga taqdim etildi. UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish Markazining stendi “Tashrif buyuruvchilarning eng ko‘p mayllik bildirilgan stend” sovrini bilan taqdirlandi. “Kichik biznes va tadbirkorlik sohasida axborot texnologiyalarini rivojlantirishga hissasi uchun” mukofoti «SSP –Maroqand» unitar korxonasiga berildi.

Samarqanddagi ICTEXPO 2015 ko‘rgazmasining eng faol qatnashchilari ham munosib taqdirlandilar. “Stendning eng yaxshi texnik ta'minoti” sovrini “O‘zbektelekom” aksiyadorlik korxonasining Samarqanddagi filiali qo‘lga kiritdi. TATUning Samarqanddagi filiali “Stendning eng yaxshi axborot ta'minoti” mukofoti bilan taqdirlandi. “Eng ko‘p kelib ko‘rilgan stend” deb, «Coscom» MJCh xorijiy korxonasining viloyatdagi filiali bo‘lmish «UCELL-Samarqand» kompaniyasi stendi qayd etildi. “Stendning eng yaxshi dizayni” mukofotini «VERBATIM» kompaniyasi qo‘lga kiritdi. Samarqand axborot texnologiyalari professional kolledjining stendi “Stend oldi xodimlarining eng yaxshi faoliyati” sovrini bilan mukofotlandi. “ICTEXPO 2015 viloyat ko‘rgazmasining eng faol ishtirokchisi” mukofotini «EastTelecom» qo‘shma korxonasi qo‘lga kiritdi.

Toshkentdagi ICTEXPO 2015 ishtirokchilari jahon va milliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari taqdim etilgan - Gadget Fair gadjyetlar yarmarkasiga tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 360 kv.m.ga yaqin ko‘rgazma maydonida nafaqat o‘rganilishi va balki harid qilinishi mumkin bo‘lgan, yetakchi ishlab chiqaruvchilarning smartfon, noutbuk va planshetlari namoyish qilindi. Gadget Fairda taqdim etilgan mahsulotlar qatorida, ICTWEEK Uzbekistan 2015ning bosh homiysi Huawei kompaniyasi mahsulotlarining namunalari ham o‘rin topgan.

Ko‘rgazma davomida kiberfutbol bo‘yicha Uzbekistan Cyber Games FIFA 2015 turniri bo‘lib o‘tdi. 1-12 sentabr kunlari Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Olmaliq o‘yingohlarida o‘tkazilgan dastlabki tanlov musobaqalarida 200dan ortiq o‘yinchi ishtirok etdi.

32ta finalist qatnashgan musobaqalar yakunlari bo‘yicha o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

I o‘rin (katta kubok, diplom, Artel Vision plansheti) – O‘ktam Ibragimov.

II o‘rin (o‘rta kubok, diplom, Artel P1 smartfoni) – Abdusapi Qayumov.

III o‘rin (kichik kubok, diplom, Artel Star plansheti) – Rustam Kattabekov.

IV o‘rin (Artel P1 mini smartfoni) – Aziz Pattaxov.

Musobaqa g‘oliblarini tabriklash va taqdirlash AKT Haftaligining yopilish marosimi doirasida o‘tkazildi.

Shu bilan birga, 16 sentabrda AKT haftaligi doirasida yosh dasturchilar, jumladan, oliygoh talabalari, maktab, kollej va litsey o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Best Soft Challenge 2015 respublika musobaqasi finalistlarining taqdirlanish marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada qatnashish istagida 200dan ortiq arizalar topshirildi.

“Elektron tijorat sohasida eng yaxshi qaror” nominatsiyasida FJ (Video Player VR) loyihasi bilan Farhod Qosimov va Yuliya Patsulevich musobaqa g‘oliblari deb tan olindi. Ishlab chiqilgan ilova dasturi 3D videoroliklarni asl uch o‘lchovli makonda haqiqiy qatnashish effektini beruvchi tomoshalar uchun mo‘ljallangan.

“Ta'lim sohasida eng yaxshi loyiha” nominatsiyasidagi birinchi o‘rin, MaTHEquationS - matematik ma'lumotlar kitobchasi va matematika bo‘yicha bilimlarni o‘rganish hamda ularni tekshirish tizimining muallifi Otabek Davronbekovga nasib qildi.

“Kompyuter, brauzer va mobil o‘yinlarni ishlab chiqish” nominatsiyasida, o‘zbek madaniyati elementlari namunalari aks etgan «Varrakchi bolakay» o‘yinini ishlab chiqqan Shoxjahon Sultonov qayd etildi.

Har bir nominatsiyadagi eng yaxshi loyiha 10 mln. so‘m miqdoridagi sovrin bilan mukofotlandi.

18 sentabr kuni Data.gov.uz Hackathon Ochiq ma'lumotlar bo‘yicha Xakaton g‘oliblarining taqdirlanish marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa qatnashchilari ma'lumotlarni vizuallashtirish bo‘yicha, yo‘llar, meditsina, sport va kommunal xizmat faoliyati bo‘yicha servis va ilovalarni taqdim etdilar.

“Ochiq ma'lumotlar asosida eng yaxshi ilova yoki servis” nominatsiyasida sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

1-o‘rinni Fixit ilovasi bilan Intense Group jamoasi (Begzod Saidov, Alisher Muxtorov, Saidravshan Shokirov, Ma'ruf Toirov) egalladi. Fixit servisi foydalanuvchilarning uy-joy va kommunal xizmatlari, transport va infratuzilma muammolari bo‘yicha davlat organlariga murojaatlarini real vaqt rejimida uzatishga mo‘ljallangan.

2-o‘rinni fuqarolar tomonidan uy-joy va kommunal xizmatlari, infratuzilma va transport sohasidagi shikoyatlarni uzatishga mo‘ljallangan UzCheck servisini taqdim etgan, X-Hack jamoasi (Ulug‘bek Tojiboyev, Samandar Ravshanov, Ozodrux Abdullayev, Asilbek Isoqov) egalladi.

3-o‘rin Alphabet jamoasi (Farrux Bahodirov, Shuhrat Agzamov)ga tez tibbiy yordamni geolokatsiya orqali chaqirish va kasallik alomatlari asosida atrofdagi eng yaqin shifoxona bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berishni nazarda tutuvchi Ambulance Uz mobil ilovasini ishlab chiqqanliklari uchun belgilandi.

4-o‘ringa Lone Wolf jamoasi (Jasur Shukurov) sazovor bo‘ldi. Jasur tomonidan jyuri hay'atlariga taqdim etilgan Tash-Sport mobil va veb-ilova - xaritada sport muassasalarini aniqlash bo‘yicha ma'lumotnoma kitobchasidir.

5-o‘rin U Dev Team jamoasi (Yevgeniy Markeyev, Aziz G‘aniyev)ning Gain Data ilovasi uchun belgilandi. Mazkur ishlanma har kun uchun xizmatlar, geolokatsiya bo‘yicha va boshqa tez-tez so‘raladigan hamda ommabop foydalanuvchilik kontentiga ega ma'lumotlarni taqdim etuvchi servisdir.

“Ochiq ma'lumotlarni vizuallashtirish bo‘yicha eng yaxshi qaror” nominatsiyasida g‘oliblar qo‘yidagilar:

1-o‘rin VR UzbMap O‘zbekistonning virtual interfaol xaritasini ishlab chiqqan Bee Inc. (Otabek Davronbekov, Siyavushxon Holmatov, Javohir Rahimov, Husan Saidvaliyev) jamoasiga berildi.

2-o‘rinni iqtisodiy statistikani virtual voqelikda vizuallashtirishni nazarda tutuvchi Starter ilovasi bilan AXA (Anvar Qayumov, Muhamadali Hayotov, Hikmat Habibullayev) jamoasi egalladi.

3-o‘ringa aholining statistik ma'lumotlari bo‘yicha infografikani o‘z ichiga olgan Visual Info servisi uchun Visual Info (New Max) jamoasi ega bo‘ldi.

“Toshkent viloyati bo‘yicha ochiq ma'lumotlarni qo‘llashda eng yaxshi ilova” sifatida qo‘yidagilar belgilandi:

1-o‘rin Toshkent viloyati tashkilotlari ma'lumotnoma kitobchasi - Tashkent Navigator veb-ilovasi uchun MSN (Sirojiddin Matchonov) jamoasiga berildi.

2-o‘rin FJ Company (Farhod Qosimov, Yulya Patsulevich, Edgar Ayrapetov) jamoasiga taqdim etildi. Mazkur jamoa tomonidan ishlab chiqilgan RealUz mobil ilovasi relef xaritada aholi va avtobus yo‘nalishlarini vizuallashtrishni nazarda tutadi.

3-o‘rinni musobaqada “Tadbirkor” ilovasini taqdim etgan SKB (Zarif Garayev, Rustam Ahmedov) jamoasi egalladi. “Tadbirkor” servisi – bu biznesmenning ma'lumotlar kitobchasi bo‘lib, u advokatlar, notarial idoralarning ma'lumotlar bazasi, hamda qayta aloqa servisini o‘z ichiga oladi.

4-o‘rin Toshkent viloyati avtobuslari va marshrut taksilari bo‘yicha to‘liq ro‘yxatni ichiga oluvchi TRT (Tashkent Region Transport) ilovasini taqdim etganliklari uchun Android ClubUz (Muhammadyusuf Abdullayev, Sarvar Kabirov, G‘ayrat Rahimov) jamoasiga nasib qildi.

Shu bilan birga, AKT Haftaligi doirasida Yoshlar ijodiyot markazida Intellect2All IT-loyihalar respublika musobaqasi g‘oliblarining tantanali taqdirlanishi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning asosiy sovrini uchun respublika bosqichida 20ta jamoa bellashdi. 6 mln.so‘mli sovrin fondi finalistlarning uchligi o‘rtasida taqsimlandi.

“Veb-ishlanmalar” yo‘nalishida Doston Yusupov va Murod Tatibayevlar Football.uz loyihasi bilan g‘alabani qo‘lga kiritdilar. Ishlanma matchlarning onlayn-translyatsiyasidan zavq olish bilan birga, tomoshabinga o‘yinning unga eng yoqib tushgan lahzalarini non-stop rejimida qayd qila olishi imkoniyatini beradi.

“Mobil ishlanmalar” nominatsiyasida “Ideal xizmatlar” loyihasi bilan FFIX jamoasi g‘olib deb topildi. “Ideal xizmatlar” – bu “transport”, “ta'lim”, “maishiy xizmatlar” va “sog‘liq” sohalarida faoliyat yurituvchi barcha muassasa, tashkilot va firmalar to‘g‘risidagi ma'lumotni o‘zida jamlagan universal ma'lumotlar bazasidir.

FFIX jamoasi tarkibida musobaqada Islom G‘ofurov, Farrux Xodjayev, Farhod Hamdamov va Hasan Nazirovlar ishtirok etdilar.

So‘nggi “Virtual voqelik ilovalarini ishlab chiqish” nominatsiyasida Fuadbey Kopadzening “Virtual Toshkent” loyihasi g‘olib bo‘ldi. Mazkur ishlanma O‘zbekistondan yiroqda turib ham Toshkentni uning asl holatida kuzatish imkoniyatini yaratadi.

AKT Forumi va Sammiti doiralarida biznes namoyandalarining istiqbolli mijozlar va hamkorlar bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, O‘zbekistonda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining kelgusi rivojlanishiga hissa qo‘shuvchi ko‘plab shartnomalar imzolandi, o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun aloqalar o‘rnatildi.

ICTWEEK Uzbekistan 2015 O‘zbekiston Respublikasining Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi homiyligida o‘tkazilmoqda. Tashkilotchilar bo‘lib, O‘zbekistonning Axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlar assotsiatsiyasi va ICTNEWS nashri ishtirok etdilar.

Tadbirning bosh homiysi Huawei Technologies Co. Ltd, ICTWEEK Uzbekistan 2015ning strategik homiysi «O‘zbektelekom» AK, mobil homiysi — UZMOBILE. Shu bilan birga, AKT Haftaligi homiylari qatorida - LG CNS Uzbekistan va SAP kompaniyasi.

Tadbir hamkorlari: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (UNDP), “Elektron hukumat” tizimining taraqqiyot Markazi, UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi, Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi, Toshkent Axorot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inxa Universiteti, BePro dasturchilar markazi, Softline kompaniyasi, InfoCOM.UZ jurnali, Brand.uz, SmartLab, StartupFactory.uz, MyTaxi.uz, UNIQUE PRESENT Media Holding, Maslov PR Tashkent va JohnLarckin.

AKT Haftaligining tashkiliy qo‘mitasi tomonidan ICTWEEK Uzbekistan 2016 ga tayyorgarlik boshlab yuborildi. Tashkilotchilar rejalarida Haftalik hamkorlari sonini ko‘paytirish va tadbir ko‘lamini yanada kengaytirish nazarda tutilgan. Hamkorlik yuzasidan istaklaringiz, tavsiya va takliflaringizni info@ictweek.uz pochtasi orqali kutiladi.

Top