17:57 / 23.09.2015
2963

Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy quvuridan 125 mlrd kubometr gaz transportirovka qilindi

Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy quvuri ishga tushirilganidan 2015 yilning avgustiga qadar u orqali 125 mlrd kubometr gaz transportirovka qilindi. Bu Xitoy shu davr ichida sotib olgan tabiiy gazning 35 foizini tashkil qiladi.

Bu ma'lumotlar gaz quvurini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning 13-yig‘ilishida ma'lum qilindi.

Ilgariroq xabar qilinganidek, yig‘ilish Ashxobodda bo‘lib o‘tdi. Unda gaz quvurini 2015-2016 yillarda ekspluatatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqildi.

Top