11:02 / 23.09.2015
5688

Xitoy qiruvchisi AQSh samolyoti bilan xavfli manyovrni amalga oshirdi

XXR Harbiy havo kuchlari qiruvchisi AQShning razvedkachi samolyoti yonida xavfli manyovrni amalga oshirdi, deb xabar beradi CNN Pentagonga tayangan holda.
Voqea 15 sentabr kuni Sariq dengiz ustida, Shandun yarim orolidan 130 km sharqda sodir bo‘ldi.

Pentagon o‘z xabarida RC-135 samolyoti ekipajining hisobotiga tayangan. Unga ko‘ra, xitoylik uchuvchi samolyotga xavfli yaqinlikdan uchib o‘tgan. Shu bilan birga, ekipaj hayotiga tahdid tug‘ilmagan.

Bu voqea haqida XXR raisi Si Tszinpinning Sietlga tashrifi arafasida xabar qilindi. O‘tgan yili ham shunga o‘xshash voqea sodir bo‘lgan edi. O‘shanda Xitoy qiruvchisi AQSh samolyoti yaqinida mana shunday manyovrni amalga oshirgan edi.

Top