19:45 / 24.09.2015
2965

Angren xalq ta'limi xodimasi bola asrab olishda yordam so‘rab kelganlardan 400 dollar pul tama qildi

Angren xalq ta'limi xodimasi bola asrab olishda yordam so‘rab kelganlardan 400 dollar pul tama qildi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, Gulida Egamova shahar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limida sho‘'ba mudiri bo‘lib ishlab kelayotgan edi. Bir kuni uning huzuriga F. Anortoyeva ismli ayol kelib, dugonasining bolasini asrab olmoqchi ekanligini tushuntirdi va huquqiy maslahat so‘radi.
Ammo Egamova huquqiy maslahat berish o‘rniga 400 dollarga hamma ishni “bitirib” berishini aytdi. Uning talabi noqonuniy ekanligini tushungan Anortoyeva tegishli tashkilotlarga murojaat qildi. Natijada Egamova 400 dollar olayotganida jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Top