02:50 / 24.09.2015
3631

Benzemaning dubli “Real”ga “Atletik” ustidan g‘alaba keltirdi

Ispaniya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan Madridning “Real”i va Bilbaoning “Atletik”i o‘rtasidagi uchrashuvda madridliklar Benzemaning dubli evaziga mehmonda 1:2 hisobida g‘alaba qozonishdi va musobaqa jadvalida o‘zlarining azaliy raqiblari “Barselona”dan o‘tib ketishdi.

Madridliklar hujumchisi Karim Benzema dubl qayd qilib, uchrashuvning qahramoniga aylandi. “Atletik” safida Sabin bitta javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bu gol “Real”ning ushbu mavsumda o‘tkazib yuborgan ilk to‘pi bo‘ldi.

Shu tariqa “Real” 5 ta turdan keyin 13 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 2-o‘rinda shu turda “Barselona”ni tor-mor etib, 13 ochko to‘plagan “Selta”, 3- va 4-o‘rinda esa “Barselona” va “Atletiko” bormoqda.

Atletik B – Real Madrid – 1:2
Gollar: Benzema, 19 (0:1); Sabin, 67 (1:1); Benzema, 70 (1:2).

Top