12:09 / 24.09.2015
2272

«Izvestiya»: «VKontakte» o‘z mesenjyerini ishga tushirishga hozirlik ko‘rmoqda

Rossiyaning yirik «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i yangi protokol ustida ish olib bormoqda. Axborotlarni shifrlovchi ushbu protokol foydalanuvchilar o‘rtasida ma'lumotlar almashish tezligini oshirishga xizmat qilishi mo‘ljallangan.

Ishlar nihoyasiga yetganidan so‘ng kompaniya o‘zining xususiy mesenjyerini ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi «Izvestiya».

Ma'lumotlarga ko‘ra, mesenjyer mobil ilova ko‘rinishida iOs va Android operatsion sistemalari, shuningdek, Windows va MacOS o‘rnatilgan kompyuterlar uchun taqdim etiladi.

“Haqiqatdan ham, biz ilovalarimiz tezligini oshirish va foydalanuvchilar ma'lumotlarining xavfsizligini yuqori darajada ta'minlash uchun yangi mobil protokol ustida ish olib borayapmiz”, - deya xabar berdi ijtimoiy tarmoq operatsion direktori Andrey Rogozov.

Ta'kidlanishicha, yangi protokol ham ijtimoiy tarmoqning ichida, ham alohida dastur ko‘rinishida taqdim etiladi.

Top